» » Italiyadagi aviashou vaqtida qiruvchi samolyot quladi. Uchuvchi halok bo‘ldi (video)

Italiyadagi aviashou vaqtida qiruvchi samolyot quladi. Uchuvchi halok bo‘ldi (video)


Italiyaning Terrachina shahridagi aviashou vaqtida Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Meduza’ning yozishicha, samolyot oliy parvoz mahorati shakllaridan birini namoyish etish vaqtida dengizga qulagan.

La Stampa xabariga ko‘ra, uchuvchi katapulta qilishga ulgurmagan va halok bo‘lgan. Xabar berishlaricha, shturval Italiya harbiy-havo kuchlarining 36 yoshli kapitani Gabriele Orlandi boshqaruvida edi.

Hodisa oqibatida uchuvchidan boshqa hech jabrlanmagan — samolyot sohildagi tomoshabinlar va qirg‘oqbo‘yidagi kemalardan ancha uzoqda qulagan.

Guvohlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolarda uchuvchi suv bilan to‘qnashuv arafasida samolyotni o‘nglab olishga ulgurmaganini ko‘rish mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют