» » Myanmada rohinja jangarilari tomonidan o‘ldirilgan hindlarning ommaviy qabri topildi

Myanmada rohinja jangarilari tomonidan o‘ldirilgan hindlarning ommaviy qabri topildi


Myanma g‘arbidagi Rakxayn shtatida rohinja jangarilari tomonidan o‘ldirilgan hind millatiga mansub shaxslarning ommaviy qabri topildi. Bu haqda, Myanma harbiylariga asoslanib, France Presse agentligi xabar bermoqda.

“Harbiylar rohinjalar tomonidan o‘ldirilgan 28 hindning jasadlarini aniqladi”, — deya myanmalik generalning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “TASS”.

AFP ma’lumotlariga ko‘ra, hududning fuqarolik ma’muriyati ham ommaviy qabr topilgani haqidagi axborotni tasdiqlagan.

Bir necha millat va din vakillari, xususan, rohinjalar zich yashaydigan Rakxayn shtatidagi vaziyat 25-avgustdan keskinlashib ketdi.

“Rohinjalarni qutqarish bo‘yicha Arakan armiyasi”ning yuzlab jangarilari politsiya tayanch punktlariga hujum qilgan, oqibatda hukumat kuchlari javob qaytargan.

O‘tgan davr mobaynida 400 dan ziyod qurolli to‘qnashuvlar qurboniga aylandi, bir necha yuz ming rohinjalar esa Rakxaynni tashlab, Bangladeshga qochib o‘tishga majbur bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-09-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют