» » Dilshod Nuraliyev jamoasi Jahon Chempionati u yoqda tursin, Osiyo Chempionatiga ham chiqa olmadi

Dilshod Nuraliyev jamoasi Jahon Chempionati u yoqda tursin, Osiyo Chempionatiga ham chiqa olmadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon Chempionati u yoqda tursin, Osiyo Chempionatiga ham bormaydigan bo‘ldi.

O‘zbekiston U16 murabbiy Dilshod Nuraliyev boshqaruvida saralash o‘yinlari uchun Saudiyaga tashrif buyurgandi. Kecha — 24-sentabr kuni o‘smirlar saralashning so‘nggi turi doirasida mezbon Saudiyaga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bunga qadar o‘zbekistonlik futbolchilar Bahrayn (1:0) va Shri-Lankani (6:0) taslim qilgan, Iordaniya (0:0) bilan durang o‘ynagandi. 4 ta o‘yinda o‘tkazib yuborilgan 1 tagina gol ko‘p narsani hal qila oldi.

Guruhni Iordaniya 10 ochko bilan yakunlagan bo‘lsa, saudiyalik futbolchilar 9 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Shunda ham ular eng yaxshi 2-o‘rin egalari qatorida bo‘la olmay, Osiyo Chempionati bilan xayrlashdi. 7 ochkosi bor O‘zbekiston esa guruhni uchinchi bo‘lib tugatdi.

O‘zbekiston terma jamoalarining Osiyo Chempionatida ishtirok eta olmaslik holati yaqin orada kuzatilmagandi.

Osiyo Chempionati. Saralash
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
20-sentabr, dushanba

Gol: Hasan Al Ali, 80 (0:1).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют