» » Angliya Premyer-Ligasida xet-trik qayd etgan ispaniyaliklar Alvaro Moratadan keyin 5 taga yetdi

Angliya Premyer-Ligasida xet-trik qayd etgan ispaniyaliklar Alvaro Moratadan keyin 5 taga yetdi


Angliya Premyer-Ligasining 6-turidan joy olgan “Stok Siti” — “Chelsi” o‘yinida londonlik futbolchilar 4 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Bellashuvda “Chelsi”ning ispaniyalik hujumchisi Alvaro Morata 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Squawka nashri Premyer-Ligada xet-trik qayd etgan ispaniyalik futbolchilar soni yana 1 taga oshgani borasida ma’lumot berdi. Bungacha “Arsenal” vakili Santi Kasorla, “Suonsi”, “Uigan”, “Sanderlend”, “Blekbern” kabi klublarda to‘p surgan Jordi Gomes, “Chelsi”ning endilikdagi sobiq hujumchisi Diyego Kosta Angliya chempionatida xet-trik qayd etish baxtiga musharraf bo‘lgandi.

Fernando Torres esa tumanli Albionda 4 marta xet-trik qayd etgani bilan maqtana oladi. Ayni paytda Madridning “Atletiko” klubida to‘p surayotgan Torres, “Liverpul” va “Chelsi”dagi faoliyati davomida Angliyada katta iz qoldirgan deb bemalol aytish mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют