» » Iroq Kurdistonidagi mustaqillik referendumida ovoz berish boshlandi

Iroq Kurdistonidagi mustaqillik referendumida ovoz berish boshlandi


Iroqdagi kurd muxtoriyati hududida 25-sentabr kuni Iroq Kurdistoni mustaqilligi masalasidagi referendumda ovoz berish boshlandi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Xabar berishlaricha, saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 7:00 da (Toshkent vaqti bilan 9:00 da) ochilgan, ular 18:00 gacha ovozlarni qabul qiladi.

Umumiy hisobda 5,2 million kishi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular: “Siz Kurdiston hududi va undan tashqaridagi kurd hududlari mustaqil davlat bo‘lishini istaysizmi?”, degan savolga “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob berishi kerak.

Plebissit natijalari saylov uchastkalari o‘z ishini yakunlaganidan bir kun o‘tib e’lon qilinadi.

Iroq Kurdistoni — Iroq hududidagi, keng muxtoriyat maqomi Iroq Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan Kurd muxtor tumanining norasmiy nomidir.

Bu hudud Iroq shimoli va shimoli-sharqidagi kurdlar o‘rnashgan Dahuk, Sulaymoniya va Arbil viloyatlarini qamrab oladi.

Plebissit nafaqat rasman Iroq Kurdistoni tarkibiga kiruvchi viloyatlarda, balki undan tashqaridagi, biroq kurdlar ko‘pchilik bo‘lgan bahsli viloyatlar — Kirkuk, Naynava va Diyalada ham o‘tkazilmoqda.

Iroq markaziy hukumati mazkur referendumning o‘tkazilishiga qarshi va uni konstitutsiyaga zid, deb hisoblamoqda. Shuningdek, Turkiya va Eron ham Iroqning hududiy yaxlitligi tarafdori.

Bundan tashqari, AQSh va bir qator Yevropa mamlakatlari ham terrorchilikka qarshi kurash va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida harakatlar olib borilayotgan bir vaqtda mazkur referendumning o‘tkazilishini noo‘rin, deb hisoblamoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют