» » Erkin A’zam va Jahongir Qosimov “O‘zbekkino”ning yangi Badiiy kengashi tarkibiga kirdi. Kengash raisi — Shuhrat Rizayev

Erkin A’zam va Jahongir Qosimov “O‘zbekkino”ning yangi Badiiy kengashi tarkibiga kirdi. Kengash raisi — Shuhrat Rizayev


“O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda yangilangan Badiiy kengashi Nizomi loyihasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Badiiy kengashning 15 kishidan iborat yangi tarkibi tasdiqlangan. Kengashga agentlik raisi birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev rais, Feruza To‘raxo‘jayeva esa kotib etib tayinlangan.

Badiiy kengash tarkibidan Muhammadjon Quronov, Mavzur Mahmudov, Nigora Karimova, Abduqayum Yo‘ldoshev, Nazar Eshonqul, Erkin A’zam, Jahongir Qosimov, Bahrom Usmonov, Jahongir Ahmedov, Rustam Sa’diyev, Shuhrat Mahmudov, Feruza Fayziyeva, Maqsud Abilov o‘rin olgan.

Yig‘ilish yakunida “Ona yurtning bag‘ridan — zuvolasi” (Husan Sharipov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan), “Hasanboy Do‘stmatov”, “Komiljon Otaniyozov” nomli hujjatli filmlar hamda “Kenja botir” multfilmining ko‘rigi va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

“Kengash a’zolari mazkur kartinalar yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib, mualliflarga tegishli ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют