» » Xitoyda 2 ta uyning yonib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda 2 ta uyning yonib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi


Xitoyning Chjeszyan viloyatidagi Yuyxuan shahrida ikkita uyning yonib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 12 nafar kishi kuyish jarohatini olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan 00:13 da yuz bergan. Olov 150 kvadrat metr maydonni qamragan. Hozirda hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Ikki kishi jiddiy jarohat olgan, ular og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Yana 10 kishining turli darajadagi jarohatlar olgani ma’lum qilindi.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari hozircha ma’lum emas, huquq-tartibot organlari xodimlari tergov-surishtiruv ishlarini boshlagan.

 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют