» » Nyu-Yorkda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Toshkentga uchadigan reysi kechiktirildi

Nyu-Yorkda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Toshkentga uchadigan reysi kechiktirildi


“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning 25-sentabr kuni “Nyu-York — Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilishi lozim bo‘lgan reysi kechiktirildi.

Aviakompaniya matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, reys texnik sabablarga ko‘ra kechiktirilgan.

“Nyu-Yorkdan uchib ketish 25-sentyabr kuni Nyu-York vaqti bilan 15:00 ga belgilandi. Agar reysning uchib ketish vaqti o‘zgaradigan bo‘lsa, aviakompaniya bu haqida qo‘shimcha axborot beradi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” yuz bergan hodisa yuzasidan “yana bir bor uzr so‘radi”.

“Kommersant.uz”ning yozishicha, 5-sentabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning “Bangkok—Toshkent” yo‘nalishidagi reysi havo kemasining nosozligi sabab kechiktirilgan edi.

Xabar berishlaricha, mazkur reys yo‘lovchilari Bangkokdan uchib ketishni bir necha kun kutishga majbur bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют