» » AQShda MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

AQShda MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


2017-yilning 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida 7-aprel kuni Toshkentda imzolangan kelishuvga binoan Markaziy Osiyoning beshta mamlakati TIV rahbarlari navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi mavzular muhokama qilindi, shuningdek, mavjud muammolarni konstruktiv tarzda hal qilish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Komilov o‘z nutqida hamkasblariga BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-sentabrdagi nutqining asosiy qismlari haqida ma’lumot berdi. Davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan aniq tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar 2017-yilning noyabrida Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv ishtirokchilari Markaziy Osiyo umumiy sa’y harakatlar natijasida tinchlik, barqaror rivojlanish va do‘stona qo‘shnichilik hukm suradigan mintaqa bo‘lishidan manfaatdor ekanliklarini va turli darajalardagi muntazam uchrashuvlarning o‘zaro foydali ekanligini tasdiqladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют