» » Serdar O‘rtach Toshkentga keldi. U “Istiqlol”da jonli ijroda konsert beradi

Serdar O‘rtach Toshkentga keldi. U “Istiqlol”da jonli ijroda konsert beradi


Turk estrada yulduzi Serdar O‘rtach 25-sentabrga o‘tar kechasi Toshkentga yetib keldi. Xonandani uning Toshkentdagi konserti tashkilotchilari va jurnalistlar kutib olgan.

Avval xabar berilganidek, turkiyalik xonanda 25—26-sentabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida konsert beradi. Mazkur dastur davomida O‘rtach “Qo‘shiq” nomli o‘zbekcha taronani kuylashi ham rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Turk estrada yulduzi Serdar O‘rtach o‘zbek tilida “Qo‘shiq” deb nomlangan taronani kuylaydi

Konsert prodyuseri Sa’dulla Abdullayevning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, Serdar O‘rtach konsertda qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylaydi.

Konsertda Serdar O‘rtach jonli kuylaydi. Sozandalari ko‘pligi, ularning yo‘l xarajatlari katta mablag‘ talab qilgani bois, xonanda barcha sozandalarni ham o‘zi bilan olib kela olmadi. Shu sabab konsert musiqasi fonogramma asosida, qo‘shiqlari esa jonli bo‘ladi.

Serdar O‘rtach birinchi marta bundan 11 yil avval — 1996-yili “Istiqlol” san’at saroyida konsert bergan edi. Keyinchalik biz uni yana olib kelmoqchi bo‘ldik, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra bu rejalar amalga oshmadi. Mana, 25—26-sentabrga bu nasib qilgan ekan.

Sa’dulla Abdullayev, konsert prodyuseri va rejissori

Xabar berishlaricha, Serdar O‘rtach konsertining chiptalari 40 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotuvga chiqarilgan.

Mavzuga doir: Uzoq tanaffusdan so‘ng Obid Asomov “Istiqlol” san’at saroyida chiqish qiladi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют