» » Xitoy patrul kemalari Sharqiy Xitoy dengizidagi bahsli orollar hududiga kirdi

Xitoy patrul kemalari Sharqiy Xitoy dengizidagi bahsli orollar hududiga kirdi


Xitoy qirg‘oq himoyasi xizmatining 4 ta patrul kateri Sharqiy Xitoy dengizidagi Yaponiya ham da’vogarlik qilayotgan bahsli Dyaoyuydao (yaponlarda — Senkaku) orollari hududiga kirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Patrul kemalari arxipelagga doimiy inspeksiyani amalga oshirish uchun yo‘l oldi”, — deyiladi Xitoy davlat okeanografiya boshqarmasi xabarida. 

Qayd etish joizki, 2016-yil avgustida Xitoy mamlakat kemalarining bahsli akvatoriyada paydo bo‘lishiga norozilik bildirgan Yaponiyaning iddaolarini rad etgandi. Xitoy elchisi Chen Yunxua esa mamlakatining mazkur hududdagi faolligini “mutlaqo tabiiy holat” deb atadi.

O‘z navbatida, Yaponiya hukumati hududlar bilan bog‘liq bahslarni oliy darajada muhokama etishga chaqirmoqda. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют