» » Turkiya Toshkentda O‘zbek—Turk kinofestivalini o‘tkazishni taklif qildi. Unda turkiyalik san’atkorlar qatnashishi mumkin

Turkiya Toshkentda O‘zbek—Turk kinofestivalini o‘tkazishni taklif qildi. Unda turkiyalik san’atkorlar qatnashishi mumkin


“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov 21-sentabr kuni Turkiya elchixonasining madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi janob Jesim Chelebini qabul qildi.

Agentlik matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turli yo‘nalishlardagi hamkorlik rishtalari mustahkamlanib borayotgani qayd etildi.

Jesim Chelebi ikki tomonlama madaniy aloqalar, xususan kino sohasidagi hamkorlik, birgalikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etish unga huzur bag‘ishlashini mamnuniyat bilan ta’kidlagan.

Jumladan, turkiyalik mehmon 2017-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida O‘zbek—Turk kinofestivalini tashkil etish, tadbirga turkiyalik kinoustalarni ham taklif etishni ilgari surgan.

“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov agentlik hozirda shu kabi ko‘plab takliflarni o‘rganib chiqayotganini va bu borada hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

“Uchrashuvda, shuningdek, o‘zaro madaniy aloqalarga oid boshqa masalalar ham muhokama etildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют