» » Samarqandga kuyov bo‘lgan britaniyalik lord O‘zbekiston Senatida Sodiq Safoyev bilan uchrashdi

Samarqandga kuyov bo‘lgan britaniyalik lord O‘zbekiston Senatida Sodiq Safoyev bilan uchrashdi


O‘zbekiston Senatida 23-sentabr kuni Senat raisi Sodiq Safoyev va Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi, O‘zbekiston bo‘yicha Butunpartiya parlament guruhi raisi o‘rinbosari lord Muhammad Iltaf Shayx o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida mehmonga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berilgan.

“Shuningdek, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi”, — deyiladi Senat axborotida.

Ma’lumot uchun, 76 yoshli lord Muhammad Iltaf Shayx 2015-yilda asli samarqandlik Guli Murodova bilan oila qurgani aytiladi. The Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, lord 2012-yili Guli Murodovaning qo‘lini so‘rab, Samarqandga kelgan.

Xabarlarda lord Shayx 1984-yilda tug‘ilgani taxmin qilinadigan Guli Murodovaning ota-onasiga 1 kilogramm tilla miqdorida qalin puli bergani ta’kidlanadi. Internetda Guli Murodovaga tegishli ekani bildirilgan shaxsiy sayt bo‘lib, unda ayol lord Shayx bilan baxtli hayot kechirayotgani ta’kidlangan.

Qayd etish joiz, lord Shayx 2016-yilning noyabr—dekabr oylarida ham O‘zbekistonda bo‘lgan. U 2016-yilgi O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют