» » Sog‘liqni saqlash vazirligiga ijtimoiy ahamiyatga ega dorilar xarid qilish uchun 240 mlrd so‘m ajratiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ijtimoiy ahamiyatga ega dorilar xarid qilish uchun 240 mlrd so‘m ajratiladi


O‘zbekiston hukumati “Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir dolzarb chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligiga 15 kun ichida vazirlikning asoslangan arizalari bo‘yicha transh tarzida ochiladigan 300 milliard so‘m miqdorida foizsiz budjet ssudasi beriladi.

Zarurat tug‘ilgan taqdirda yil oxirigacha vazirlikka davlat tibbiyot tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishi uchun 240 milliard so‘m miqdorida qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratiladi.

O‘z navbatida, Sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘zmedeksport” ustav fondiga hissa tarzida 3 milliard so‘m ajratadi. Kompaniya tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan preparatlarni sotish cheklangan savdo ustamalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi:

Ulgurji sotish uchun xarid qilish qiymatining 15 foizi miqdorida;

Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixonalari orqali chakana sotish uchun ulgurji narxning 20 foizi miqdorida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют