» » Notarius lavozimiga tayinlanayotgan shaxslar uchun o‘tkaziladigan test sinovi bekor qilindi

Notarius lavozimiga tayinlanayotgan shaxslar uchun o‘tkaziladigan test sinovi bekor qilindi


Adliya vazirining buyrug‘i bilan notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Norma.

Endilikda notarius lavozimida ishlayotgan shaxs tanlovda ishtirok etish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi hamda boshqa hujjatlar bilan birga notarius lavozimidan ozod etilganligi haqidagi buyruq nusxasini taqdim etishi talab etilmaydi. Demak, bunday shaxs o‘z lavozimida ishlab turib tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Ilgari tanlov ikki bosqichda ya’ni test sinovi va yozma-og‘zaki shaklda o‘tkazilar edi. Test sinovida 50 ta savolga javob berish kerak edi. Talabgorlar test sinovini topshirmagunga qadar tanlovning 2-bosqichiga qo‘yilmas edi. Endilikda tanlov faqat yozma-og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.

Ilgari notarius lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarga bir yil muddatga murabbiy-notarius tayinlanishi nazarda tutilgan edi. Ushbu talab bekor qilindi.

2017-yil 18-sentabrda kuchga kirgan hujjatga boshqa o‘zgartirishlar ham kiritildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют