» » Dadilroq bo‘lib ko‘rinish uchun nutqni qanday o‘zgartirish kerak?

Dadilroq bo‘lib ko‘rinish uchun nutqni qanday o‘zgartirish kerak?


Qanday taassurot qoldirishingiz ko‘proq sizning ovozingiz va gapirish tarzingizga bog‘liq. Agar rahbaringiz bilan bo‘ladigan keyingi suhbatda yoki hamkasblaringiz oldida chiqish qilishda dadilroq ko‘rinishni xohlasangiz, mana bu maslahatlardan foydalaning.

Nutqingizni turli jihatdan baholang va siz aynan nimaning ustida ishlashingiz kerakligiga qaror qiling. Agar muammo nimada ekanligini o‘zingiz tushunishingiz qiyin bo‘lsa, do‘stingiz yoki hamkasbingizdan yordam so‘rang yoki diktofonga yozib oling.

Bizning gaplarimizni eshituvchilarning qanday qabul qilishi, ko‘pincha uni qanday ohangda aytishimizga bog‘liq. Masalan, har bir gapning oxiridagi savol ohangi sizning gaplaringizga ishonch tug‘diradi.

To‘xtovsiz haddan tashqari tez gapirish siz asabiylashayotgandek taassurot qoldiradi.

Haddan tashqari past yoki haddan tashqari baland ovoz ham sizga dadillik qo‘shmaydi. Aniq eshitilishi, lekin siz qo‘pol bo‘lib ko‘rinmasligingiz uchun odatdagidan biroz balandroq gapirishga harakat qiling.

“A-a”, “e-e”, “imm” va boshqa shunga o‘xshash ovozlar gaplarni o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.

Oyoqlarni yelka kengligida qo‘yib va qaddingizni to‘g‘rilab turing, gapirayotganda harakatlaringiz odatdagidek — o‘zingizni bemalol suhbatlashayotgandagidek tuting.

Agar odamlar guruhi oldida gapirayotgan bo‘lsangiz, navbat bilan 3-5 soniya davomida har xil odamlarning ko‘zlariga qarang. Bir kishi bilan suhbatlashishda nigohingizni boshqa tomonga olishingiz, keyin esa yana suhbatdoshingizning ko‘ziga qarashingiz mumkin.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют