» » Gretsiyada bolgariyalik g‘avvos ayol rekord o‘rnatish vaqtida halok bo‘ldi

Gretsiyada bolgariyalik g‘avvos ayol rekord o‘rnatish vaqtida halok bo‘ldi


Bolgariyalik g‘avvos ayol Gretsiyada jahon rekordini o‘rnatish vaqtida halok bo‘ldi, uning turmush o‘rtog‘i esa kesson kasalligi bilan shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda Gretsiya OAVlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Noxush hodisa 24-sentabr, yakshanba kuni Xalkidiki yarimorolidagi Neas Marmarisda sodir bo‘lgan.

Afina axborot agentligi AMHA’ning xabar berishicha, gap Bolgariyalik er-xotin haqida ketmoqda. Suvga sho‘ng‘ish vaqtida ayol noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘nalishni yo‘qotib qo‘yib halok bo‘lgan.

Halkidikifocus saytining ma’lum qilishicha, dayving maktabiga ega ushbu er-xotin kislorod ballonlari yordamida guruh bo‘lib suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi bo‘lishgan. Sho‘ng‘ish vaqtida ayolning ahvoli yomonlashgan va u vafot etgan. Shu bilan birga ayolning 47 yoshli turmush o‘rtog‘ini ahvoli ham yomonlashib qolgan, jamoaning boshqa a’zolari esa 10 metrlik chuqurlikda uch soat turishga muvaffaq bo‘lgan.

2014-yilda Ginnes rekordlar kitobi hakami Talal Omar misrlik Ahmed Gamal Gabr suv ostiga sho‘ng‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatganini ma’lum qilgandi. U 332,35 metr chuqurlikka 12 daqiqa ichida sho‘ng‘igan, biroq suv yuzasiga chiqishiga deyarli 15 soat vaqt ketgan — xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday qilingan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют