» » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Senati raisini qabul qilishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Senati raisini qabul qilishi kutilmoqda


Qozog‘iston Senati raisi Qasim-Jo‘mart To‘qayev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi 25-sentabr kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Senati axborot xizmati xabar bermoqda.

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo‘rayev kutib olgan.

Delegatsiya a’zolari Hazrati Xizr majmuasida bo‘lgan, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgan.

Qasim-Jo‘mart To‘qayev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasiga ham tashrif buyurgan. “O‘tganlar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi”, — deyiladi Senat axborotida.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rasmiy tashrif dasturidan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida parlamentlararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish o‘rin olgan.

“Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda”, — deyiladi TIV axborotida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют