» » Eron Iroq Kurdistoni bilan quruqlik chegaralarini yopdi

Eron Iroq Kurdistoni bilan quruqlik chegaralarini yopdi


Eron Iroq hukumatining talabidan so‘ng, Iroq Kurdistoni bilan bir tomonlama ravishda chegarani yopib qo‘ydi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Baxram Gasemi ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Biz Iroq hukumatining tegishli rasmiy iltimosidan so‘ng, Iroq Kurdistoni bilan chegaralarimizni yopdik. Biz Iroq suvereniteti va hududiy yaxtligi tamoyillarini hurmat qilamiz va unga nisbatan yo‘naltirilgan har qanday harakatlar xato deb hisoblaymiz”, — deya Mehr agentligi TIV vakilining so‘zlaridan parcha keltirdi.

Avvalroq, Eron Bag‘dodning rasmiy iltimosiga ko‘ra, Iroq Kurdistoni aeroportlariga reyslarni to‘xtatib qo‘ygandi. Iroq Kurdistoni bilan quruqlik aloqlarining to‘xtatib qo‘yilishi u yerda bo‘lib o‘tayotgan mustaqillik refernendumi fonida amalga oshirildi.

Eron milliy xavfsizligi Oliy kengashi kotibi Ali Shamxaniy o‘tgan hafta Eron “faqatgina Bag‘dod bilan imzolangan kelishuvlarni tan oladi” degan edi. Kurdistonning Iroqdan ajralib chiqishi “avtomatik ravishda Iroq bilan xavfsizlik yuzasidan tuzilgan barcha bitimlarni bekor qiladi va quruqlik chegaralarining yopilishiga olib keladi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-09-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют