» » Ispaniya bosh prokurori Kataloniya rahbari hibsga olinishi ehtimolini istisno etmadi

Ispaniya bosh prokurori Kataloniya rahbari hibsga olinishi ehtimolini istisno etmadi


Ispaniya bosh prokurori Xose Manuel Masa Kataloniya rahbari Karles Puchdemonning hibsga olinishi ehtimolini istisno etmadi. Bu haqda 25-sentabr, dushanba kuni La Vanguardia nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Prokuratura Puchdemon rasmiylarga bo‘ysunmaslik, xizmat lavozimini suiiste’mol qilish va mol-mulk kamomadidan iborat jinoyatlarga aloqador ekanligiga ishonchi komil”, — ta’kidladi Masa. 

Bosh prokurorga ko‘ra, “Puchdemonni kamomad uchun hibsga olish masalasi ochiq turibdi”. 

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya fuqarolik gvardiyasi 20-sentabr kuni Kataloniyada o‘tkazgan maxsus operatsiya davomida 14 kishi qo‘lga olindi, 41 ta tintuv o‘tkazildi, referendumda ovoz berish uchun tayyorlab qo‘yilgan salkam 10 million byulleten musodara etildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют