» » Xorazmda avtobus va mikroavtobuslarda elektron to‘lov joriy etildi

Xorazmda avtobus va mikroavtobuslarda elektron to‘lov joriy etildi


Xorazm viloyatidagi “Yangiariq trans” MChJ o‘z avtobus va mikroavtobuslarida Kakadu Pay System MChJ tomonidan ishlab chiqilgan onlayn to‘lov tizimini joriy etdi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Kakadu” nomli mazkur to‘lov tizimi mobil dastur ko‘rinishida bo‘lib, mijozga yo‘lkira haqini o‘zining shaxsiy smartfoni orqali to‘lash imkonini beradi.

Kakadu Pay System MChJ dasturi ilk bor 2017-yilning aprel oyi boshida sinov tariqasida Urganch shahridagi “Muso Avto” MChJning yo‘nalishsiz taksilariga o‘rnatilgan edi. Sinov muvaffaqiyatli o‘tgach, onlayn to‘lov tizimi “Yangiariq trans” MChJga tegishli Isuzu rusumli avtobuslar hamda “Foton” va “Gazel” rusumli mikroavtobuslarda joriy qilindi.

Onlayn to‘lov tizimidan foydalanish juda oson bo‘lib, mijozlar plastik kartalarini ro‘yxatdan o‘tkazib, dasturni smartfonlariga yuklab olsa, kifoya.

Mazkur tizimning qulayligi shundaki, unga ulanish uchun firmalardan hech qanday uskuna sotib olish va boshqa xarajatlar talab etilmaydi, barchasi mobil dastur yordamida amalga oshiriladi. Mijozlar hisobidan yechib olingan pullar, ya’ni xizmat haqi to‘g‘ridan to‘g‘ri avtokorxonaning bank hisobraqamiga kelib tushadi va mijozning mobil telefoniga to‘lov amalga oshirilgani haqida shu zahoti SMS-xabar keladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют