» » BAAda dunyoning eng og‘ir ayoli vafot etdi

BAAda dunyoning eng og‘ir ayoli vafot etdi


Dunyodagi eng og‘ir ayol hisoblangan misrlik Imon Ahmad Abdulati tana vaznini kamaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan qator operatsiyalardan so‘ng BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Dastlab 500 kilogramm vaznga ega bo‘lgan Abdulati Mumbay shahridagi davolanish jarayonida 200 kilogramm vazn yo‘qotdi. Biroq, erishilgan natijaga qaramay ayolning opasi davolash usullariga ishonchsizlik bildirdi. Shundan so‘ng Abdulati davolanishning keyingi bosqichini davom ettirish uchun BAAga yo‘l oldi.

Burjeel Hospital kasalxonasi ma’muriyati Abdulatining o‘limidan qattiq qayg‘uda ekanligi ma’lum qilingan.

“Imon bugun, 25-sentabr kuni buyrak yetishmovchiligi va ichaklardan ovqat o‘tmay qolishi oqibatida vafot etdi. Uni turli mutaxassislikka ega 20 dan ortiq shifokor nazorat qildi. Shifokorlar yordamida Imon BAAga kelgan vaqtiga nisbatan o‘zini ancha yaxshi his etishiga erishildi. Biz marhumaning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz”,  — deyiladi kasalxona bayonotida.

Abdulatining fojiali taqdiri 2016-yilning oktabr oyida keng ommaga ma’lum bo‘lgan edi. Imon Ahmad Abdulati yiriklashuv kasalligi hamda temir yetishmovchiligi bilan og‘rigan. Bundan tashqari, u bosh miyaga qon quyilishi (insult)ga uchrab, 25 yoshida yotoqqa mixlanib qolgan edi.

Mavzuga doir: Dunyoning eng og‘ir ayoli operatsiyadan so‘ng arabcha raqs tushdi (video)

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют