» » O‘zbekiston shaharlarida uch yil davomida 1,6 milliondan ortiq daraxt ekiladi

O‘zbekiston shaharlarida uch yil davomida 1,6 milliondan ortiq daraxt ekiladi


O‘zbekiston Prezidentining 11-sentabrdagi qarori bilan 2018?2020-yillarda avtomobil yo‘llari, jumladan, shaharlarning umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish dasturi qabul qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

Unga ko‘ra, uch yil davomida 1,6 milliondan ortiq daraxt va buta ko‘chatlarini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning 782 mingtasi shaharlar, 103 mingtasi Toshkent ko‘chalariga ekiladi.

Ilgariroq xabar qilinganidek, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi huzuridagi “Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish” korxonasi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” korxonasiga aylantirildi.

1-oktabrdan boshlab umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shuningdek, shaharlarning tegishli ko‘chalarini shartnoma asosida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari qayta tashkil etilgan korxona tomonidan amalga oshiriladi.

“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” direktori qo‘mita raisining avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi. Qo‘mita tuzilmasida Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют