» » Ohangaronda zilzila chog‘ida yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi (vidеo)

Ohangaronda zilzila chog‘ida yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi (vidеo)


Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Chinor“ mahalla fuqarolar yig‘inida FVV tomonida maxsus o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Tadbir davomida dastlab O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari tomonidan mazkur qishloq fuqarolariga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish yuzasidan tegishli yo‘riqnomalar berildi.

Shundan so‘ng tadbirning amaliy amaliy bosqichiga o‘tildi. Unda hududda zilzila sodir bo‘lishi, bu jarayonda eng avvalo mahalla tomonidan yoshlardan jarchilar guruhining tuzilishi va qishloq xonadonlaridan birma-bir xabar olish, jabrlanganlar aniqlangan paytda zudlik bilan tibbiy tez yordam chaqirilishi va ularga zarur yordam ko‘rsatilishi, shu bilan bir qatorda insonlarni to‘g‘ri va tezkor evakuatsiya qilish hamda ularni maxsus belgilangan xafvsiz joyga o‘tkazish ishlari, u yerda ro‘yxatga olish holatlari fuqarolarga aniq ko‘rsatib berildi.

Bundan tashqari, o‘quv mashg‘ulotlari davomida soha mutahasislari ishtirokchilarni favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan ish anjomlari bilan batafsil tanishtirdi. Alohida qiziqqan yoshlarga ularni ishlash yo‘llari ko‘rsatildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют