» » Daryo o‘zanlarida noqonuniy qum qazib olishga qarshi kurash choralari qattiqlashtirildi

Daryo o‘zanlarida noqonuniy qum qazib olishga qarshi kurash choralari qattiqlashtirildi


Shavkat Mirziyoyev 23-sentabr kuni “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni Prezidentning rasmiy saytida keltirildi.

Hujjat matnida aytilishicha, mamlakatda ekologik vaziyatni yaxshilashga, shu jumladan, suv obyektlarini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, toshqin va sel hodisalarida favqulodda holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, qonunchilikda mavjud bo‘shliqlar daryolar o‘zanlari va suvni muhofaza qilish zonalari, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obyektlarini tozalash, shuningdek, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qum-shag‘al materiallarini ruxsatsiz qazib chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratmoqda.

Aytilishicha, faqat 2017 yilda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish bo‘yicha 228 ta holat, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi yoki noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyasi mavjud bo‘lmagan 176 ta subyekt tomonidan noqonuniy amalga oshirganlik holatlari aniqlangan.

Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining noqonuniy amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish, shuningdek, transport va gidrotexnika infratuzilma obyektlarining xavfsiz ishlashini ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, toshqin va yer ko‘chkisi xavfi bo‘lgan tumanlarda qirg‘oqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlari hamda Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha hukumat komissiyasining qarorlariga asosan boshqa tashkilotlar tomonidan faqatgina toshqin suvlari va sel oqimlarini o‘tkazib yuborishning imkoniyatsizligi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida komissiya qarori Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining daryo o‘zanlarini o‘rganish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish imkoniyatlarini baholash natijalari bo‘yicha qo‘shma xulosalariga asosan qabul qilinadi.

Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishga loyiha hujjatlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.

Bundan tashqari, FVV ixtisoslashtirilgan otryadlari va boshqa tashkilotlar noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va sotilgan hollarda yer qa’ridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda soliq to‘laydi. Bunda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish noruda foydali qazilmalarni sotishdan olingan daromadlar miqdoriga kamaytiriladi.

Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishini aniqlash va oldini olish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi idoralararo guruhlar tashkil etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar idoralararo guruhlari Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazipligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qo‘shma qarori bilan, tuman va shahar idoralararo guruhlari esa, suv obyektlarining joylashuvini inobatga olgan holda, ularning hududiy bo‘linmalari qo‘shma qarori bilan tashkil etiladi.

Quyidagilar idoralararo guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:

daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining holatini komissiya qarorlariga, loyiha hujjatlariga, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda nazarda tutilgan shartlarga, shuningdek, qonun hujjatlarining boshqa talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganish;

daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish;

daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishida aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;

ushbu sohadagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida profilaktika tadbirlarini tashkil qilishda va o‘tkazishda ishtirok etish;

o‘tkazilgan tadbirlar va aniqlangan huquqbuzarliklar haqidagi axborotlarni, shuningdek, daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni muntazam ravishda komissiyaga kiritish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda FVV ixtisoslashtirilgan otryadlarini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют