» » Walmart xaridlarni foydalanuvchining sovutgichiga yetkazib berish xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda (video)

Walmart xaridlarni foydalanuvchining sovutgichiga yetkazib berish xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda (video)


Walmart amerika savdo tarmog‘i Kremniy vodiysida yangi yetkazib berish dasturini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Kompaniya “aqlli” qulflar ishlab chiqaruvchi August Home startapi bilan shartnoma imzolagan. Qulf tufayli yetkazib beruvchi mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchining sovutgichida qoldiradi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Deliv dasturi orqali buyurtma berilgandan so‘ng yetkazib beruvchi bir marta ishlatiladigan kodni oladi. Kod buyurtma yetkazib beriladigan uyning qulfini, uyning egasi uyda bo‘lmgan vaqtda ham, ochishga imkon beradi. Shundan so‘ng kompaniya xodimi mahsulotlarni sovutgichga joylaydi, uydan chiqib, eshikni yopib ketadi. Yetkazib beruvchining harakatlarini uy egasi kuzatuv kamerasi orqali kuzatishi mumkin.

Hozircha dastur sinov jarayonida va undan August Home qulflari egalarining bir qismi foydalanishi mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют