» » Tabiiy monopoliyalar subyektlari taqdim etgan narxlar 1 oy muddatda ko‘rib chiqiladi

Tabiiy monopoliyalar subyektlari taqdim etgan narxlar 1 oy muddatda ko‘rib chiqiladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Aksavli Tumisheva va Aliya Yunusova O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida’gi qonuni 7-moddasiga o‘zgarish kiritish haqida”gi qonun loyihasiga izoh berdi. Bu haqda Norma ma’lum qildi. 

Amaldagi qonunga binoan, tabiiy monopoliyalar subyektlari mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) narxlari (tariflari) vakolatli organ tomonidan bir hafta muddatda ko‘rib chiqiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi qaroriga ko‘ra esa, monopolist korxonalar narxlari (tariflari) loyihasi bir oy davomida o‘rganib chiqiladi. 

Tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayoni deyarli bir xil ekanligini inobatga olib, vakolatli organ tomonidan tabiiy monopoliyalar subyektlari taqdim etadigan narxlar (tariflar) loyihalarini ko‘rib chiqish uchun 1 oy muddat belgilash taklif etilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi taqdim etilayotgan moliyaviy va hisob-kitob hujjatlari, shuningdek, tabiiy monopoliyalar subyektlari mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) narxlari (tariflari) sezilarli oshishiga olib keluvchi omillarni sinchiklab o‘rganish imkoniyatini yaratishi kutilmoqda. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют