» » Topqirlik va ijodiy yondashuvni o‘stirishga yordam beruvchi odatlar

Topqirlik va ijodiy yondashuvni o‘stirishga yordam beruvchi odatlar


Biz yangicha fikrlaganimizda o‘ziga xos g‘oyalar paydo bo‘ladi, lekin biz ko‘pincha o‘zimizga o‘zimiz qat’iy chegara belgilaymiz va undan chiqib keta olmaymiz.

Faqat bevosita ishingiz bilan bog‘liq bo‘lganlarini emas, xayolingizga kelgan fikrlarning hammasini yozib qo‘ying. Balki borligiga shubha ham qilmagan muammolaringizni shunday hal qilarsiz.

Lekin ayni vaqtda siz ishlayotgan loyihani eslatadigan fikrlarga alohida e’tibor bering. Ularni qanday qilib amalda tatbiq qilish haqida o‘ylab ko‘ring. Biroz vaqt o‘tgandan keyin unga yangicha nazar bilan qarash uchun bu ro‘yxatga yana qayting.

G‘oyalar va fikrlar yozilgan ro‘yxatning har doim yoningizda bo‘lishiga harakat qiling.

Anchadan beri o‘rganmoqchi bo‘lib yurgan darslar yoki kurslarga yoziling — bu sizdagi ijodkorlikni oshiradi. Siz yangi odamlar bilan tanishasiz, yangi tajribalar orttirasiz, narsalarga boshqa tomondan qaray olasiz.

Bundan tashqari, vazifalarga yangi kelgan odam nuqtai nazari bilan yondashishga harakat qiling. Bizning bilimlarimiz va tajribalarimiz ba’zan muammolarning yechimini ko‘rishimizga to‘sqinlik qiladi. Unga tajribali professional sifatida emas, balki havaskor sifatida qarashga harakat qiling. O‘zingizda bunday odatni rivojlantirish uchun, yangi qiziqishlar orttiring va ishni noldan boshlang.

Biz ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo‘rqamiz, lekin aynan barbod bo‘lishlar ba’zan kutilmagan muvaffaqiyatli g‘oyalarga olib keladi.

Omadsizliklarga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishga harakat qiling, ularni yashirin kashfiyotlar sifatida qabul qiling.

Manba: “Woman.ru”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют