» » O‘zbekistonda barcha hayvonlar elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi

O‘zbekistonda barcha hayvonlar elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi


O‘zbekistonda 2020-yil 1-iyungacha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli hayvonlarning yagona identifikatsiya tizimi joriy qilinadi, deb yozadi “Gazeta.uz” hukumat qaroriga tayanib.

Qaror orqali tasdiqlangan hayvonlarni identifikatsiyalash, ro‘yxatga olish va boqish haqidagi nizomga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shaharlarda boqish uchun hayvonlarning ruxsat berilgan sonini belgilashi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslarning identifikatsiya qilinmagan hayvonlarni boqishi taqiqlanadi.

Ma’lumotlar yagona axborot tizimiga tuman va shahar veterinariya bo‘limlari tomonidan kiritiladi. Hayvonlarga individual raqam beriladi, u yirik va mayda shoxli qoramol, tuya va cho‘chqalarga yorliqlar, ot va eshaklarga — tamg‘alar, it va mushuklarga — jetonlar orqali beriladi.

Hujjatda shuningdek, barcha turdagi hayvonlarni chiplarni kiritish orqali elektron identifikatsiyalash imkoniyati ko‘zda tutilgan. Identifikatsiyalash jarayoni pulli bo‘ladi.

Ma’lumotlar bazasi hayvonning raqami, turi, jinsi, laqabi, tug‘ilgan joyi va sanasi, egasining ism-sharifi, yuridik shaxsning nomi va manzili, yashash joyi, veterinariya pasporti haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, hayvonning surati ham qo‘shilishi mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют