» » O‘zida umuman yutqazmagan “Olmaliq” bugun ketma-ket ikki o‘yinni boy bergan “Lokomotiv”ni qabul qiladi

O‘zida umuman yutqazmagan “Olmaliq” bugun ketma-ket ikki o‘yinni boy bergan “Lokomotiv”ni qabul qiladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 19-turidan qolib ketgan uch uchrashuv bugun — 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Peshqadam “Lokomotiv” Olmaliqqa safar etadi. Mazkur jamoalarning Toshkentda kechgan birinchi uchrashuvida “temiryo‘lchilar” 5:0 hisobida zafar quchgandi. Ammo safarda oson bo‘lmasligi aniq. Boisi Viktor Kumikov boshqaruvidagi “Olmaliq” mavsum boshidan buyon o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmagan.

“Olmaliq” o‘z uyida grandlardan “Paxtakor”ni 2:0, “Nasaf”ni 1:0 hisobida taslim qilgan, “Bunyodkor” bilan esa 0:0 hisobida durang o‘ynagan. O‘z navbatida amaldagi chempion hisoblangan “Lokomotiv” o‘zining so‘nggi ikki o‘yinida mag‘lub bo‘ldi: “Nasaf” 0:2, “Paxtakor” 0:1.

Bugun yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor”da ochkolar tengligi inobatga olinsa, bugun ikki klubda Mirjalol Qosimov jamoasidan o‘zib ketish imkoniyati bor.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
19-tur bellashuvlari
26-sentabr, seshanba

“So‘g‘diyona” — “Nasaf” — 17:00
“Olmaliq” — “Lokomotiv” — 17:30
“Paxtakor” — “Mash’al” — 19:00

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют