» » Iroq hukumati kurdlar bilan mustaqillik referendumi natijalarini muhokama qilishdan bosh tortdi

Iroq hukumati kurdlar bilan mustaqillik referendumi natijalarini muhokama qilishdan bosh tortdi


Bag‘dod Iroq Kurdistoni bilan viloyatning mustaqilligi uchun bo‘lib o‘tgan referendum natijalarini muhokama qilmaydi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy 26-sentabr, seshanba kuni o‘zining telemurojaatida ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Biz konstitutsiyaga zid ravishda o‘tkazilgan referendum natijlarini muhokama qilishga tayyor emasmiz”, — deya Iroq hukumati rahbarining so‘zlaridan Al Arabiya telekanali parcha keltirdi. Al-Obodiyning ta’kidlashicha, Bag‘dod Iroqning barcha aholisini, jumladan, refenrendum o‘tkazilgan mamlakatning shimoli va shimoli-sharqidagi fuqarolarni ham zo‘ravonliklardan himoya qilishga qodir. Bosh vazirning qayd etishicha, ovoz berish jarayonlarida “soxtalashtirish, manipulyatsiya va fuqarolarga tahdidlar” ro‘y bergan.

Eslatib o‘tamiz, Iroq Kurdistonidagi referendum ishtirokchilarining 93 foizdan ortig‘i hudud mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. 282 mingta ovozlar hisoblab chiqilgach, shunday natija namoyon bo‘ldi.

Komissiya raisining ma’lum qilishicha, mustaqillikka qarshi saylovchilarning 6,71 foizi ovoz bergan. U natijalar o‘zgarishi mumkinligini, chunki hisoblash jarayoni davom etayotganini aytdi. Rasmiy natijalar 28-sentabr, payshanba kuni e’lon qilinadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют