» » Temurxo‘ja Abduxoliqov: Halol ishlaganimizda, Jahon Chempionatiga borardik

Temurxo‘ja Abduxoliqov: Halol ishlaganimizda, Jahon Chempionatiga borardik


Qatarning “As-Sayliya” futbol klubida faoliyatini davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov “Championat.asia” nashriga intervyu berib, mundialga bora olmagani sabablarini qanday mezonlar bilan o‘lchashini tushuntirdi.

Abduxoliqov dastlab sobiq bosh murabbiy Samvel Babayan haqida fikr bildirdi:

Kimningdir orqasidan gapirish menga to‘g‘ri kelmaydi. Qolaversa, mening fikrim birovga qiziq emas. Men aybni boshqadan qidirayotganim yo‘q, barcha aybni o‘zimdan qidiryapman. Shunday bo‘lishi kerak.

Maydonga tushgan o‘yinlarimda gol urish uchun menda imkoniyatlar bo‘lgan. O‘sha vaziyatilarda raqib darvozasiga gol urib, jamoamni qiyin vaziyatdan olib chiqishim kerak edi, deb hisoblayman. Masalan, Suriya va Eron terma jamoalariga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilishim shart edi. So‘ngi ikki uchrashuvda esa maydonga tushmadim.

Temurxo‘ja Abduxoliqov, “As-Sayliya” hujumchisi

Futbolchining fikricha, O‘zbekiston futbolida halol ishlanmagan. Shu bois muvaffaqiyatsizlik kuzatilgan.

Bunga istalgancha faktlar keltirish mumkin. Halol ishlamadik, deb o‘ylayman. Halol ishlaganimizda, mevasi bo‘lardi, albatta.

To‘g‘risi, bu mavzudagi savollardan charchadim. Tushunaman, juda ham qiyin. Hayotning o‘zi kim halol kim esa g‘irromligini ko‘rsatib qo‘yadi. Menga ota-onam halol bo‘lgin, shunda ertami yoki kech rohatini ko‘rasan, deb tarbiya bergan. Biz mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadik. Demak, halol ish qilmadik. Natija yo‘q bo‘lsa, bunga 2 ta sabab bor: xatolik yoki nohalollik.

Temurxo‘ja Abduxoliqov, “As-Sayliya” hujumchisi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют