» » Rossiyada shifokorlarga pora berish kamaydi

Rossiyada shifokorlarga pora berish kamaydi


2014—2016-yillardagi inqiroz sabab Rossiya fuqarolari tomonidan davlat kasalxonalari shifokorlariga pora berish holati kamaydi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Oliy iqtisodiyot maktabining “Iqtisodiy inqiroz davrida tibbiy xizmat va dori vositalariga bo‘lgan talab” deb nomlangan tadqiqotida bu holatga uy bekalarining tibbiy xizmatlar uchun xarajatlarining qisqarishi va davlat kasalxonalarida qonuniylashtirilgan pulli xizmatlar ro‘yxatining kengayishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Oliy iqtisodiyot maktabi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya kasalxonalarida to‘lovlarning umumiy summasida poraning ulushi 2013—2016-yillarda bir yarim baravarga kamaydi.

To‘lovlarning umumiy summasida uning ulushi 2013-yilda 71,5 foiz bo‘lgan, 2016-yilga kelib bu ko‘rsatkich 48,5 foizga tushgan.

Shu bilan birga statsionar davolanishda summani rasmiy ravishda to‘lovchi mijozlar soni o‘sgan. Agar 2013-yilda 18,5 foiz bemor davolanish uchun pulni rasmiy ravishda to‘lagan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 22,3 foizga yetgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют