» » “O‘zmetkombinat” O‘zbekistonda qora metallar chiqindilarini sotib olish bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilandi

“O‘zmetkombinat” O‘zbekistonda qora metallar chiqindilarini sotib olish bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilandi


Prezident “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi Norma.

Hujjatga muvofiq, “Ikkilamchiqorametallar” unitar korxonasi boshqaruv sifatida kombinat tuzilmasiga kirdi, hududiy MChJlar “O‘zmetkombinat” AJning filiallariga aylantirildi. Shuningdek, O‘zmetkombinat ustav kapitaliga davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga mol-mulk majmuasi — “Umumiy ovqatlanish kombinati” DK berildi.

“O‘zmetkombinat” AJ mamlakatda qora metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash (sotib olish) bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilandi. Topshirilgan hajmlar bo‘yicha hisob-kitoblar metall parchalarini topshiruvchilarni rag‘batlantiradigan va bozor asosida belgilanadigan kelishilgan narxda amalga oshiriladi.

Respublikada yirik iste’molchilar (budjet hisobidan moliyalashtiriladiganlaridan tashqari)ga qora metallar va tegirmon sharlarini ijaraga berish birja savdolari orqali, shuningdek, har yili belgilanadigan balanslarga muvofiq o‘rtacha birja narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: “Paxtakor”ning yangi egalariga “O‘zmetkombinat” boshqaruvi ishonib topshirildi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют