» » Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 325 kishiga yetdi

Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 325 kishiga yetdi


19-sentabr kuni Meksika poytaxti yaqinida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 325 kishiga yetdi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi (186 nafari) Mexiko hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yer osti silkinishidan so‘ng vayron bo‘lgan 38 ta binodan tashqari shahardagi yana yuzlab uylarning qulab tushish xavfi bor. Mahalliy hukumat odamlarga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kamida 360 ta inshootni aniqladi.

Favqulodda xizmatlarga o‘z uyining devorlaridan yangi yoriqlarni topgan fuqarolar tinmay qo‘ng‘iroq qilmoqda. Ko‘plab odamlar o‘z xavfsizligidan xavotirlanib ishxonalariga borishga qo‘rqishmoqda.

Mexikodagi 9 ming maktabdan faqatgina bir necha yuztasi ishlamoqda, qolganlari tozalanib va xavfsizlik uchun tekshirib bo‘linguniga qadar ikki-uch hafta vaqt o‘tadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida yettita maktabning qulab tushish xavfi bor.

Avvalroq, zilzila oqibatida 293 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ularning 20 nafari maktab binosi vayronalari ostida qolib halok bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют