» » Pentagon Shimoliy Koreyaning provokatsiyalariga javoban tahdid qildi

Pentagon Shimoliy Koreyaning provokatsiyalariga javoban tahdid qildi


AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy vakili polkovnik Robert Menningning ma’lum qilishicha, agarda KXDR provokatsiyalarini davom ettirgudek bo‘lsa, Pentagon mamlakat prezidenti Donald Trampga Shimoliy Koreyaga qarshi kurashish variantlarini taklif etadi, deb xabar berdi Reuters.

Polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, uning idorasi davlat rahbari Pxenyanga ta’sir o‘tkazish vositalariga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

Avvalroq, 25-sentabr kuni KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi urush e’lon qilganini aytgandi. “Qo‘shma Shtatlar bizning mamlakatga urush e’lon qilgan ekan, biz ham javob choralari ko‘rishga haqlimiz. Jumladan, ularning strategik bombardimonchilari bizning havo hududimizga kirmagan taqdirda ham ularni urib tushirishga huquqimiz bor”, — deya ogohlatirgandi tashqi ishlar vaziri.

23-sentabr kuni BMTning Bosh Assambleyasida so‘zga chiqqan Li Yon Xo Shimoliy Koreya yadroviy quroldan faqatgina o‘zini himoya qilish maqsadida foydalanishini aygandi.

Aynan shu kuni AQSh Harbiy-havo kuchlarining B-1B Lancer qiruvchilari Shimoliy Koreya sharqidagi xalqaro havo maydonlari orqali uchib o‘tgan. Pentagonning ta’kidlashicha, bu orqali “prezident Donald Trampning harbiy imkoniyatlari namoyish qilingan”.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют