» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasida davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasida davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi


Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida “Odob-axloq qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ahamiyati va dolzarbligi” mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda moliya, bandlik va mehnat munosabatlari, iqtisodiyot, tashqi ishlar, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, statistika, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirish, arxitektura va qurilish davlat qo‘mitalari, temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish, parvozlarning xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyalari, avtomobil va daryo transporti agentligi, Markaziy bankning kadrlar va yuridik xizmat bo‘yicha mas’ul xodimlari hamda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari masalalari bo‘yicha idoraviy komissiyalari rahbarlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Mazkur seminarlarni o‘tkazishdan maqsad davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishining eng muhim masalalarini muhokama qilish uchun qulay muhit yaratishdan iborat.

Seminar ishtirokchilariga odob-axloq qoidalari va asosiy prinsiplari, manfaatlar to‘qnashuvini hal etish mexanizmlari, odob-axloq qoidalari talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari, davlat organlari xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etishlari ustidan monitoring o‘tkazish xususiyatlari va sohaning boshqa muhim jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘tkazilgan seminar davlat xizmatchilari o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etilishi, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish, bu borada fikr va tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etganligi e’tirof etildi.

Bundan tashqari, tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida shu kabi tadbirlar hududiy idoralararo komissiyalar tomonidan yuqoridagi davlat idoralarining joylardagi tuzilmalari xodimlari uchun ham o‘tkaziladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют