» » Vashington AQSh ustidan Rossiya harbiy samolyotlarining uchishini cheklaydi

Vashington AQSh ustidan Rossiya harbiy samolyotlarining uchishini cheklaydi


AQSh ochiq osmon haqidagi shartnoma doirasida Rossiya harbiy samolyotlarining mamlakat ustidan amalga oshiriladigan nazorat parvozlarini cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

“Ha, AQSh mazkur harakatni amalga oshirishni rejalashtirayotganidan xabardormiz. Bugun Venada ochiq osmon bo‘yicha komissiyaning yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Aftidan, amerikaliklar o‘z qarorini o‘sha yerda rasmiy ravishda e’lon qiladi. Tushunishimcha, majlisda 2018-yilning 1-yanvaridan kuchga kiruvchi bir nechta cheklovlar aytib o‘tiladi”,—deydi Rossiya tashqi ishlar vazirligi xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumatining qarori o‘rganib chiqiladi, keyin esa “Rossiya tomonining mazkur qarorga javoban chora-tadbirlari xususida gap ketadi”.

AQSh hukumati Rossiyaga nisbatan yangi cheklovlarni joriy etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida avvalroq The Wall Street Journal o‘zining manbalariga asoslanib, xabar bergan edi.

Nashr suhbatdoshlaridan biri Alyaska va Gavayi ustidagi parvozlarga nisbatan cheklovlar qo‘yilishini ma’lum qilgan edi.

Nashrning yozishicha, AQSh shu tarzda Kaliningrad ustidagi parvozlarning cheklanishiga javob qaytarishni rejalashtirgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют