» » Google 350 dollarlik “aqlli” kurtkalarni sotuvga chiqardi

Google 350 dollarlik “aqlli” kurtkalarni sotuvga chiqardi


Google Levi’s brendi bilan hamkorlikda ishlangan “aqlli” kurtkalarni sotuvga chiqardi. Bu haqda “VC.ru” xabar bermoqda.

350 dollarlik kurtkalar 27-sentabrdan AQShdagi bir nechta savdo tarmoqlarida sotila boshlaydi.

2-oktabrdan boshlab esa kurtkani Levi’s saytida buyurtma qilish va brend do‘konlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Kurtka to‘q ko‘k Levi’s Commuter modelining dizaynida yaratildi. Uning yenglari Jacquard “aqlli” matosidan tikilgan sensor ulamalardan iborat.

Google mazkur matoni ilk marta 2015-yilda keng omma e’tiboriga havola etgan edi, u kurtkaning tashqi jinsi qismiga tikib chiqilgan tok o‘tkazadigan ipchalardan iborat.

Kurtkaning sensor qismi uning yengiga o‘rnatilgan Bluetooth-modulli maxsus qurilma yordamida foydalanuvchidan smartfonga signal uzatadi. Kurtka yordamida musiqiy pleyer yoki navigatorni boshqarish mumkin.

Sensorli yeng bir necha harakatlarni tushunadi, ularning har birini smartfonning u yoki bu funksiyasi orqali boshqarish mumkin. Ularni sozlash uchun Android va iOS qurilmalari uchun yaratilgan maxsus dasturdan foydalaniladi.

Shuningdek, tizim kurtka egasiga kirish qo‘ng‘iroqlari va matnli xabarlar haqida ma’lumot beradi.

Levi’s vakillarining ta’kidlashicha, kurtkadagi Bluetooth-modulni yechib qo‘yib, uni yuvish ham mumkin. Sensor yenglar istalgan turdagi suyuqlikni odatiy jinsi matosi kabi qabul qiladi.

Google “aqlli” kurtkalarning boshqa mamlakatlarda sotilishi haqidagi ma’lumotlarni hozircha oshkor etmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют