» » Dunyodagi eng yirik olmos Lesedi la Rona 53 million dollarga sotildi

Dunyodagi eng yirik olmos Lesedi la Rona 53 million dollarga sotildi


Britaniyalik zargar Lourens Graff dunyodagi eng yirik 1109 qirot(karat)li Lesedi la Rona olmosini o‘tgan yilgi narxidan ancha arzonga ya’ni 53 million dollarga xarid qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Hajmi tennis koptogidek keladigan olmos 2016-yilning iyun oyida Sotheby’s auksioniga qo‘yilgan va xaridorlar uning uchun 61 million dollar taklif qilgan edi.

Lesedi la Rona’ning har bir qiroti 47,8 ming dollar bo‘lib, u so‘nggi auksionlarda sotilgan rangli va rangsiz olmoslardan arzon hisoblanadi.

2016-yilning may oyida 813 qirotli Constellation olmosi 63 million dollarga yoki har bir qiroti 77,5 ming dollarga sotilgan edi.

Joriy yilning aprelida Pink Star deb nomlangan noyob pushti rangdagi brilliant qimmatbaho toshlar bozorida yangi rekord o‘rnatib, 71,2 million dollarga sotildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют