» » Foto: Shimoliy vokzal yaqinida qurilgan yangi (eski) ko‘prik foydalanishga tayyor!

Foto: Shimoliy vokzal yaqinida qurilgan yangi (eski) ko‘prik foydalanishga tayyor!


Toshkentning Shimoliy vokzali yaqinidagi Kichik halqa yo‘l ustidan o‘tgan ko‘prikning qurilishi yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda UZ24.

Nukus ko‘chasini Farg‘ona yo‘li bilan bog‘lovchi yangi transport yo‘lagi qachon foydalanishga topshirilishi hozircha noma’lum.

Toshkent shahar hokimligi ham, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning axborot xizmati ham UZ24’ning ko‘prik ochilishi sanasi borasidagi so‘roviga javob bera olmagan.

Qayd etish joiz, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning saytida 24-avgust kuni berilgan axborotda “yangi obyekt yaqin vaqt ichida foydalanishga topshirilishi” aytilgan edi.

Mazkur yo‘l o‘tkazgichning qayta tiklanishi 2017-yil may oyida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga asosan boshlangan edi.

2008-yilda buzib tashlangan ko‘prik o‘rnida yangi, eni 22 va uzunligi 281 metr bo‘lgan yangi yo‘l o‘tkazgich qurildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют