» » Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Pak Kin Xe hibsda saqlab turilishi muddatini uzaytirishni so‘radi

Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Pak Kin Xe hibsda saqlab turilishi muddatini uzaytirishni so‘radi


Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xe hibsda saqlab turilishi muddatini uzaytirishni so‘rab, sudga murojaat qildi. Bu haqda muassasa 26-sentabr, seshanba kuni tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

Yarim yilga berilgan avvalgi hibs uchun order muddati 16-oktabrda yakuniga yetadi. Prokuratura o‘z so‘rovini ajratilgan vaqt mobaynida korrupsiya va hokimiyatni suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha barcha guvohlarni so‘roq qilishga ulgurmayotgani bilan izohladi.

“Ayblanuvchi barcha ayblarni rad etayotgani sababli dalil-isbotlarni o‘rganishda davom etish zarur”, — deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe shu yil 31-mart kuni qamoqqa olingan va tergov hibsxonasiga joylashtirilgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют