» » Qibrayda 27 yoshli ayol uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ushlandi

Qibrayda 27 yoshli ayol uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ushlandi


Qibray tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bola sotish holatining oldi olindi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati prokuraturasi.

Xabar berishlaricha, bir guruh fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etib, Qibray tumanida yashovchi ayol o‘z farzandini begona shaxslarga 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lib yurganini bildirgan.

Xabarga asosan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan va tumanda yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan M.Ismoilova 2017-yilning iyun oyida tug‘ilgan, uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlangan.

“Hozirgi vaqtda jinoyat sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda. Holat yuzasidan “odam savdosi” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi prokuratura axborotida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют