» » Rasmiy Seul Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tez orada tashrif bilan borishini kutmoqda

Rasmiy Seul Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tez orada tashrif bilan borishini kutmoqda


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spikeri Chon Se Gyunni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, ikki mamlakat parlamentlari O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, an’anaviy yaqin va keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Janubiy Koreya O‘zbekistonning muhim va ishonchli hamkorlaridan biri ekani alohida qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Janubiy Koreya parlamentlari va ularning alohida qo‘mitalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, parlamentlarda faoliyat yuritayotgan do‘stlik va hamkorlik guruhlari ishini faollashtirish, ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tashrif va qo‘shma tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, xalqaro parlamentlararo tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spikeri O‘zbekistonda qabul qilingan mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida yangi bosqichda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarish va islohotlarni yuksak baholadi va ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Chon Se Gyun Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Yuqori martabali mehmon Janubiy Koreya rahbariyati O‘zbekiston Prezidentining tez orada ushbu mamlakatga tashrif bilan borishini kutayotganini ta’kidladi.

“Chon Se Gyun ikki davlat parlamentlari hamkorlikda sa’y-harakatlar bilan bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik jarayoni hamda ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga amaliy hissa qo‘shishini qayd etdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют