» » Yil oxiriga qadar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 5 mlrd dollarga yetishi mumkin

Yil oxiriga qadar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 5 mlrd dollarga yetishi mumkin


O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 2017-yil oxiriga qadar 5 milliard dollarga yetishi mumkin. 2016-yil yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 4,2 milliard dollarni tashkil etgan edi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Sohib Saifnazarov 26-sentabr kuni o‘tgan O‘zbekiston – Rossiya ishbilarmonlar forumi doirasida bayonot berdi.

“O‘zbekiston korxonalari Rossiyaga avtomobilsozlik, meva-sabzavot, tekstil, teri-ko‘nchilik mahsulotlari, qurilish materiallari yetkazish berishni sezilarli darajada oshirishi mumkin. O‘z navbatida, neft va neft mahsulotlari, metalloprokat va mashinasozlik mahsulotlari O‘zbekistonning asosiy import bandlari bo‘lib qolmoqda”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Rossiya savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Padalko O‘zbekiston bilan munosabatlarning rivojlanishi Rossiyaning ko‘plab mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini qayd qilib o‘tdi.

“Bir-birimizga xayrixoh harakat aql bilan qabul qilingan qaror va vaqt talabidir. Biz tadbirkorlarni ishlashga chaqiramiz. Biz ishlab chiqarish salohiyatlarimizni o‘zaro to‘ldirishimiz va sotish bozori ustida ishlashimiz lozim”, — dedi Padalko.

Rossiya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Fyodor Degtyaryov hamkorlikning rivojlanib borishi ikki mamlakat hokimiyat organlarining qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq bo‘lishini qayd qilib o‘tdi.

Tadbir doirasida ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari xalqaro tijoriy arbitraj va mediatsiya hamkorligi bo‘yicha kelishuv imzoladi. O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlar kengashlari 2018–2019-yillar uchun hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi realizatsiyasi to‘g‘risidagi yo‘l xaritasini imzoladi.

Forumda Rossiyaning 30 dan ortiq kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda. Ular kimyo, yengil sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, farmatsevtika, metallurgiya, ishlab chiqarish, yo‘l-qurilish texnikasi, neft-gaz uskunalari, energetika va gidrotexnika singari sohalarda ishlaydi.

Forum dasturi O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorligi, turizm, shuningdek, transport va logistikaga bag‘ishlangan uchta majlisni o‘z ichiga oldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют