» » Erdo‘g‘on Iroq Kurdistoniga ochlik va neft embargosi bilan tahdid qildi

Erdo‘g‘on Iroq Kurdistoniga ochlik va neft embargosi bilan tahdid qildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Iroq Kurdistoniga ochlik va neft embargosi bilan tahdid qildi. Iroq Kurdistonida 25-sentabr kuni o‘tkazilgan mustaqillik referendumi bu tahdidlarga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.

“Biz sanksiyalar qo‘llay boshlashimiz bilan ularning boshiga kulfat tushadi. Neft yo‘llarini to‘sib qo‘yganimizda hammasi tugaydi. Shu bilan barcha daromad tugaydi, yuk mashinalarimiz Shimoliy Iroqqa borishni to‘xtatishi bilan ularning yeyishga hech vaqolari qolmaydi”, — dedi u.

Erdo‘g‘on qo‘shni mamlakatlar Iroq Kurdistonini iqtisodiy iskanjaga olinishini aytdi.

“Plebissitni qo‘llab-quvvatlagan Isroil kurdlarga yordam bera olmaydi”, — qo‘shimcha qildi u.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют