» » “Real” Dortmundda tarixiy g‘alabaga erishdi. Krishtianuda dubl, Harri Keynda xet-trik

“Real” Dortmundda tarixiy g‘alabaga erishdi. Krishtianuda dubl, Harri Keynda xet-trik


Chempionlar Ligasining so‘nggi 5 mavsumida “Real” va “Borussiya” klublari o‘zaro 8 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 4 tasida madridlik futbolchilar Dortmundga tashrif buyurgan va birortasida zafar qucha olmagandi. O‘yinlarning 3 tasida Bundesliga klubi zafar quchgan, 1 tasida g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi.

Joriy mavsumga kelib Zinedin Zidan “Real”ning bu qora an’anasiga barham berib, “Signal Iduna Park”dan g‘alaba bilan qaytdi — 3:1. Shu kuni “Real” safida 400-uchrashuvini o‘tkazgan Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. U “APOEL”ga qarshi o‘tgan dastlabki turda ham 2 ta gol urgandi. Shu tariqa portugaliyalik futbolchi “Real” uchun urgan gollarini umumiy 411 taga yetkazib oldi.

Londonning “Tottenhem” klubi dastlabki turda dortmundliklarni 3:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, bu safar Kiprda yirik g‘alabaga erishdi. Shu tariqa 2-turdan keyin Madrid va London klublarining holati bir xil ko‘rinish kasb etdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi.
“H” guruhi. 2-tur
26-sentabr, seshanba

Gollar: Garet Beyl, 18 (0:1). Krishtianu Ronaldu, 50 (0:2). Pyer-Emerik Obameyang, 54 (1:2). Krishtianu Ronaldu, 79 (1:3).

Gollar: Harri Keyn, 39 (0:1). Harri Keyn, 62 (0:2). Harri Keyn, 67 (0:3).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют