» » Nobel mukofotining 2017-yilgi miqdori bir million dollardan oshdi

Nobel mukofotining 2017-yilgi miqdori bir million dollardan oshdi


Nobel mukofotining 2017-yildagi miqdori to‘qqiz million shved kronasigacha (1,12 million dollar) oshirildi. Bu haqidag qaror Nobel jamg‘armasining direktorlar kengashi tomonidan qabul qilingan, deb yozadi tashkilotning sayti.

Ta’kidlanishicha, mukofot puli bir million kronaga (124,8 ming dollar) oshirilgan . 2011-yilda mukofot miqdori o‘n million kronadan sakkiz million kronaga tushirilgan (1,25 million dollardan 998 ming dollarga). Bu jamg‘armaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash dasturi doirasida qilingan edi.

2017-yildagi mukofot sohiblarini e’lon qilish 2-oktabrdan boshlanadi. Nobel mukofoti fizika, kimyo, tibbiyot, adabiyot va iqtisodiyot sohalarida erishilgan yutuqlar uchun topshiriladi. Shuningdek, dunyoda tinchlikni ta’minlashga qo‘shilgan hissa uchun ham mukofot beriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют