» » Samarqandda 10 ming dollarni 81 mln so‘mga sotib olmoqchi bo‘lgan aka-ukalar qo‘lga olindi (video)

Samarqandda 10 ming dollarni 81 mln so‘mga sotib olmoqchi bo‘lgan aka-ukalar qo‘lga olindi (video)


Samarqand shahrida fuqaroning murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Milliy xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi hamda Ichki Ishlar idoralari xodimlari tomonidan noqonuniy valyuta oldi-sottisi bilan shug‘ullanuvchi kishilarning nojo‘ya qilmishlari fosh etildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Joriy yilning 21-sentabr kuni Samarqand shahri Geofizika mahallasida istiqomat qiluvchi Javlon O‘ktamov amakisi Husen Sharofiddinovning xonadonida har bir AQSh dollarini 8100 so‘mdan baholab, jami 10 ming AQSh dollarini 81 million so‘mga sotib olishga kelishgan. U mijozga pullarni sanab berayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan qo‘lga olindi.

O‘zini Husen O‘ktamov deb tanishtirgan fuqaro akasi Javlon O‘ktamov bilan birga qonunga xilof ravishda valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishini va xonadonidagi barcha pul mablag‘lari o‘ziga tegishli ekanini tan oldi.

Shuningdek, mazkur xonadonda turgan avtomashina yukxonasidan 15 million 892 ming so‘m miqdoridagi pullar ham daliliy ashyo sifatida olingan. Bundan tashqari, uy oldida turgan avtomashinada 20 million 299 ming so‘m pul borligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют