» » AQSh Moliya vazirligi KXDRning sakkizta bankiga qarshi sanksiyalar joriy etdi

AQSh Moliya vazirligi KXDRning sakkizta bankiga qarshi sanksiyalar joriy etdi


AQSh Moliya vazirligi 26-sentabr, seshanba kuni Shimoliy Koreyaning sakkizta bankiga qarshi sanksiyalar joriy qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Moliya vazirligining xabarida aytilishicha, shuningdek, cheklovlar ushbu banklarning 26 nafar xodimiga ham tegishli. Xususan, gap KXDRning Rossiyadagi uchta vakillik banki haqida ham ketmoqda — Vladivostokda joylashgan KXDR Tashqi savdo banki, Moskvadagi Korea Kumgang Group Bank va Korea Unification Development Bank.

Shu bilan birga, Agricultural Development Bank, Cheil Credit Bank, Hana Banking Corporation, International Industrial Development Bank, Jinmyong Joint Bank, Jinsong Joint Bank, Koryo Commercial Bank Ltd, Ryugyong Commercial banklari ham sanksiyaga uchraydi. Amerika Moliya vazirligining hisoblashicha, ushbu banklar KXDR hukumatining yadroviy hamda raketa dasturlarini yaratishida yordam ko‘rsatmoqda.

O‘tgan hafta AQSh prezident Donald Tramp Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishini ma’lum qilgandi. Prezident farmoni KXDR bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishmoqchi bo‘lgan odamlar va kompaniyalarga yo‘naltirilgan.

“Yangi farmon Shimoliy Koreyaning eng xavfli qurollarni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy oqimlarga barham beradi”, — degan edi Tramp.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют